«Lukoyl» kompaniyaning xorijdagi qazib olinuvchi aktivlarini boshqarish bilan shug‘ullanadigan «Lukoyl Oversiz» kompaniyasi tuzilmalar faoliyatini qayta ko‘rib chiqdi. Bu haqda neft kompaniya rahbari Vagit Alekperov «Izvestiya» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijdagi bo‘linmadan uchta asosiy boshqaruv markazi ajratildi: Dubay, Xyuston va Toshkent.
«Hammasi deyarli yakuniga etkazilmoqda. Bizda endilikda uchta alohida hudud bor: Xyuston, Dubay hamda O‘zbekiston», - dedi Vagit Alekperov.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentdagi ofis O‘rta Osiyodagi biznesni boshqarish bilan shug‘ullanadi. «Lukoyl» O‘zbekistonda mahsulotlarni ajratish haqidagi kelishuv asosida ishlaydi. «O‘zbekneftegaz» kompaniyaning loyihalar bo‘yicha strategik sherigi sanaladi.
Xyustondagi qarorgoh esa Amerika va Meksikadagi faoliyatni tartibga solish bilan shug‘ullanadi.
«Lukoyl» egalaridan biri Leonid Fedunning nashrga aniqlik kiritishicha, tuzilmalarni qayta ko‘rib chiqish bugungi kundagi bozor talablari asosida amalga oshirilgan.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya xorijdagi barcha qayta ishlash jarayonini Venadagi boshqaruv ofisiga birlashtirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi