23:53 / 27.12.2016
14 952

O‘zbekistonda ilk bor supermarket shaklidagi dorixona ochildi (Foto)

O‘zbekistonda ilk bor supermarket shaklidagi dorixona ochildi (Foto)

O‘zbekiston farmasevtika sanoatida ilk bor "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasining supermarket shaklidagi dorixonasi ochildi. Bu haqda Sputnik agentligi saytida xabar berildi.

Supermarket dorixonaning interer va dizayni zamonaviy standartlarga javob beradi, hozircha unga o‘xshash muassasa O‘zbekistonda yo‘q. Bu erda tayyor dori vositalari, reseptli dorilar, davolovchi kosmetika, gigiena, optika, bog‘lama vositalari, bolalar ozuqalari, dorivor o‘simliklar va boshqalarni topish mumkin.

Supermarket dorixona xaridorlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishi uchun barcha sharoitlarga ega, jumladan, kompaniya tarmoq dorixonalaridagi mavjud dorilar, tibbiy mahsulotlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi infokiosklar bilan ta’minlangan.

Kompaniya rahbariyati bu kabi dorixonalar soni butun respublika bo‘ylab oshishiga umid qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ilk bor supermarket shaklidagi dorixona ochildi (Foto)