19:19 / 30.12.2016
11 866

Farg‘onada hayvonot bog‘i ish boshladi

Farg‘onada hayvonot bog‘i ish boshladi

Farg‘ona shahrida hayvonot bog‘i ish boshladi, deb xabar berdi Gazeta.uz sayti. Ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev so‘zga chiqdi.

Uch gektardan ziyod maydonni egallagan bog‘ O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 20 maydagi «2016−2020 yillar davrida Toshkent hayvonot bog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida barpo etildi.

Bu erda turli o‘lkalardan keltirilgan 70 dan ortiq hayvon va qushlarni ko‘rish mumkin.

Hayvonot bog‘ida tog‘ hayvonlari saqlanadigan bo‘lim ancha keng joyni egallagan. Sher, ayiq, to‘ng‘iz kabi hayvonlar maxsus qafaslarda saqlanadi. Bog‘da, shuningdek, tog‘ qo‘yi, tog‘ echkisi, Afrika tuyaqushi, lama, maxsus hovuzlarda g‘ozlar, noyob baliqlar bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Farg‘onada hayvonot bog‘i ish boshladi