O‘zbekiston hukumati 2017 yilning 1 yanvaridan jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga beriladigan turar joy va noturar inshootlar ijara to‘lovining asosiy o‘lchamlarini belgilab berdi. Bu haqida Kun.uz sayti xabar berdi.
Ijara to‘lovining asosiy o‘lchamlari O‘zbekiston Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq belgilandi.
2017 yilda noturar joy ijarasining minimal stavkasi 1 kvadrat metr uchun Toshkent shahrida 9 ming so‘m qilib (2016 yilda - 6 ming so‘m) belgilandi, Nukus shahri va viloyatlar tasarrufidagi shaharlarda - 6 ming so‘m (4 ming so‘m), boshqa aholi punktlarida esa - 3 ming so‘m (2 ming so‘m) darajasida belgilandi.
Turar joy ijarasining minimal stavkasi 1 kvadrat metr uchun bir oyga Toshkent shahrida - 4,5 ming so‘m (3 ming so‘m), Nukus va viloyatlar tasarrufidagi shaharlarda - 3 ming so‘m (2 ming so‘m) va boshqa aholi punktlarida - 1,5 ming so‘m (ming so‘m) darajasida belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi