00:17 / 04.01.2017
6 763

Qariyb 3 mlrd so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

Qariyb 3 mlrd so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga jami 6843 ta murojaat kelib tushgan, deya xabar bermoqda Sof.uz sayti. Ularning 5011 tasi yozma, 1832 tasi ishonch telefoni orqalidir.

Murojaatlarning aksariyati — 61,3 foizi kommunal sohaga aloqador. 22,2 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 6,5 foizi transport, xizmat va kommunikasiya sohalari hamda 10 foizi boshqa sohalarga to‘g‘ri kelgan.

Yozma murojaatlarning 4591 tasi iste’molchilar foydasiga hal etildi, ishonch telefonlari orqali tushgan 1832 ta murojaatdan 1135 tasi ko‘rib chiqildi va tegishli choralar ko‘rildi, qolgan 697 ta murojjat bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasi vakolatlari doirasida tegishli tushuntirishlar berildi.

Murojaatlar yakuni bo‘yicha jami bo‘lib 2 927,3 mln.so‘m iste’molchilarning foydasiga qayta hisob-kitob qilindi. Ulardan 2,4 mlrd so‘mdan ziyodrog‘i (2015 yilda — 996,5 mln so‘m) ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz ko‘rsatilgan xizmatlar uchun yozma murojaat asosida qayta hisob-kitob qilingan bo‘lsa, 443,5 mln so‘mi (328,9 mln) ishonch telefoni bo‘yicha qilingan shikoyat va arizalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qariyb 3 mlrd so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi