O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Firma nomlarini zaxiraga qo‘yishning elektron tizimi” joriy etilgan davrdan boshlab 406 mingdan ortiq firma nomi zaxiraga olingan. Ular “Firma nomi to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelishi, ma’lumotlar bazasida mavjud nomlarga o‘xshash yoki adashtirish darajasida o‘xshash emasligi sababli zaxira ro‘yxatiga kiritilgan.
2016 yilda esa zaxiraga olingan firma nomlari 127 mingdan ortiqni tashkil etgan.
Internet tarmog‘i orqali firma nomlarini zaxiralash tizimi 2011 yil 1 fevralidan joriy qilingan. Yuridik yoki jismoniy shaxslar Davlat statistika qo‘mitasining www.stat.uz saytiga kirib, firma nomini ko‘rib chiqish uchun elektron ko‘rinishda ariza qoldirishlari mumkin.
Elektron arizalar asosida taqdim etilgan firma nomlari xususidagi ma’lumotlar Davlat statistika qo‘mitasi bazasidan bevosita davlatning boshqa ro‘yxatga oluvchi organlariga internet orqali uzatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi