14:33 / 19.04.2015
7 922

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

14 aprel kuni O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida 2015 – 2019 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Bu haqda Gazeta.uz'ga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.

Bitim 2014 yil 10 dekabrda Toshkent shahrida, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashrifi vaqtida imzolangan. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov hujjatni 23 fevral kuni tasdiqlagan edi.

Bitim jahon iqtisodiyotidagi zamonaviy talab va tendensiyalarni hisobga olib, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya va moliyaviy sohadagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashni ko‘zda tutadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi