10-01-2017 | 16:50 ZAMIN.UZ / O'zbekiston / 10 yanvar 2017 yil
208

Misr O‘zbekistonga yangi elchi jo‘natdi

Миср Ўзбекистонга янги элчи жўнатди

2017 yilning 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Misr Arab Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Amani al-Itrni qabul qildi.

Elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston-Misr hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilib, o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish va turizm sohasini rivojlantirish borasida tajriba almashishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.


Zamin.uz ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga obuna bo‘lib, yangiliklardan xabardor bo‘ling.

Reyting:
  • Dislike
  • 0
  • Like
Havola:
Рейтинг@Mail.ru