8 370
Shavkat Mirziyoyev «Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 yanvar kuni «Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi qonunga imzo chekdi. Qonun loyihasi 2016 yilning 24 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilgan va ma’qullanib, Senatga yuborilgandi. 13 dekabr kuni qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullandi. Qonun rasman chop qilinganidan keyingi 24 oy ichida kuchga kiradi. Bu davr ichida uni bajarish uchun kerakli moddiy-texnika bazasi yaratiladi. Qonun matbuotda 2017 yilning 10 yanvarida chop qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda ma’muriy qamoqni o‘tayotgan shaxslarga nisbatan nazorat va tekshiruvning texnik vositalari qo‘llaniladi.
Hujjat maxsus qabulxonalarda jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi oldini olish uchun «nazorat va tekshiruvning audiovizual, elektron vositalaridan va boshqa texnik vositalaridan foydalaniladi, ushbu vositalarning ro‘yxati hamda ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi».
Qonunda ma’muriy qamoq o‘tashning asoslari, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun maxsus qabulxonalarning, shuningdek, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqiy holatini, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonalarda qabul qilish, joylashtirish va saqlash tartibini, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) maxsus qabulxonaga tashrif buyurish qoidalari kabi bir qator me’yorlar aks etgan.
O‘zbekistonda ma’muriy qamoqqa olish 3 kundan 15 kungacha, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa jamoat tartibiga tajovuz qilgani uchun 30 kungacha bo‘lgan muddatga qo‘llaniladi.
Respublika qonunchiligiga muvofiq, homilador ayollar, 3 yoshga to‘lmagan farzandi bor ayollar, 18 yoshga kirmaganlar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlarga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish jazosi qo‘llanilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?