7 064
Qirg‘izistonda O‘zbekistonga qarashli er uchastkalari kim oshdi savdosiga qo‘yildi
Qirg‘izistonning Botkent viloyati kengashiga Qadamjoy tumanidan saylangan deputat, tadbirkor Almaz Toraliev ukasi, Oqturpoq qishlog‘i raisi Alchin Toraliev va yana bir qancha hamkorlari bilan birgalikda tumandagi bir nechta er uchastkalarini kim oshdi savdosiga qo‘ydi. Tadbirkor ayni paytda O‘zbekiston hududida joylashgan Cho‘ng‘ara qishlog‘iga tegishli 4.7 gektar erni ham sotuvga qo‘ydi. Erning bir gektari uchun atigi 50 ming som belgilangan, deb yozadi Kun.uz.
12news.uz resursida keltirilishicha, bir muddat ilgari Toraliev Mingchinor qishlog‘ida ohak ishlab chiqaruvchi sex tashkil etgan. Sex faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun joriy yilning fevral oyida tadbirkor O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatini tabiiy gaz bilan ta’minlaydigan Shimoliy So‘x er osti gaz zaxiralari quvurlariga noqonuniy ravishda ulanib olgan. Ammo qo‘shni Cho‘ng‘ara qishlog‘i aholisi unga xalaqit bergan.
Cho‘ng‘araliklardan “qasos” olishni ko‘ngliga tugib qo‘ygan tadbirkor bir safar Burg‘andi kanalidan qishloqqa suv etkazadigan quvurni kesib tashlagan. Ammo bundan ham ko‘ngli to‘lmagan Toraliev Cho‘ng‘araga tegishli er uchastkalarini kim oshdi savdosiga qo‘yishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi