21:47 / 20.01.2017
23 117

Maktablar 11 yillik bo‘ladimi?! Bu savolga vazirlik javobi…

Maktablar 11 yillik bo‘ladimi?! Bu savolga vazirlik javobi…

Ijtimoiy tarmoqlarda va qator saytlarda Respublikamizda 11 yillik ta’lim tizimiga o‘tish ustida ish olib borilayotganligi haqidagi informasiyalar tarqalmoqda. Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari bilan bog‘landik. Ularning javobi quyidagicha:

“Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 10-moddasida O‘zbekiston Respublikasida ta’lim maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim turlarida amalga oshirilishi qayd etilgan.

Shuningdek, umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar), umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi.

Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o‘tilishini ta’minlaydi.”

Bundan tashqari, bizga ma’lum bo‘lgan vazirlik manbasining ta’kidlashicha, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, biroq 11 yillik ta’limga o‘tish kun tartibiga ham kiritilmaganini ma’lum qilmoqda. Demak, barcha xabarlar asossiz deya olamiz.

Bu masala yuzasidan rasmiy hujjatlar e’lon qilinmaguncha, tarqatilayotgan xabarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Maktablar 11 yillik bo‘ladimi?! Bu savolga vazirlik javobi…