O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurib, u erdagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi va xalq vakillari bilan muloqotda bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Davlat rahbari o‘z tashrifi davomida Xo‘jayli tumanidagi agrosanoat markazida bo‘ldi. Kompleks ishga tushishi bilan bu erda issiqxona, meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash majmualari, muzlatgichlar paydo bo‘lishi qayd etildi. 11 gektar hududni egallaydigan mazkur majmua Qoraqalpog‘iston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.
Shu erning o‘zida Xo‘jayli tumanida turar-joy infratuzilmasini rivojlantirish masalalari ham muhokama etildi. Davlatimiz rahbari odamlar boshlangan o‘zgarishlarni o‘z hayotida his qilishi uchun joriy yil yakunigacha 40 ko‘p qavatli turar-joy binosi barpo etish va foydalanishga topshirish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.
Prezidentimiz shuningdek tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan ham uchrashib, ular bilan yaqindan muloqotda bo‘ldi.
"Xo‘jayli Qoraqalpog‘istonda sanoati rivojlanayotgan eng katta tuman. Biroq shuncha tadbirkor turib, tumanda markaz yo‘q, maktablarni ham ko‘rdim, mehribonlik uyining ahvolini qaranglar. Sizlar tashabbusni qo‘lga olib ishlasangiz, bu narsalar bo‘ladi. Agar biz "bo‘laveradi" deb yashasak, men vaziyatni o‘zgartira olmayman.
Sizlar uyg‘onishingiz kerak, sizlar odamlarning ishsizligini hal qiladigan tashkilot va ishbilarmonsizlar, shaxsan mening umidim sizlar. Kecha-yu kunduz ishonib yashashingiz kerak. Buni orqaga qaytarish mumkin emas.
Bizning eng katta imkoniyatimiz - bag‘ri keng, mehnatkash xalqimiz bor. Ularga salgina sharoit yaratib bersangiz bas. Odamlarni dunyoqarashi o‘zgarishi kerak. Qachon o‘zgaradi? Manfaatdor bo‘lsa, daromad topsa, ishchi joyi bo‘lsa o‘zgaradi", - deya ta’kidladi davlatimiz rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!