01:15 / 22.01.2017
9 642

Nukusda O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov haykali o‘rnatiladi

Nukusda O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov haykali o‘rnatiladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20—21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi. O‘zA xabariga asoslanib Daryo yozishicha, Shavkat Mirziyoyev Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi qurilish uchastkasiga tashrif buyurdi.

O‘zbekison Prezidenti maktab loyihasini takomillashtirish, xususan, bino oldida maydon barpo etish va bu erda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov haykalini o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Maktab bazasida kichik bosmaxona tashkil etib, turli adabiyotlarni tarjima qilib, chop etish lozimligi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, 1929—2008 yillarda yashab, ijod qilgan Ibroyim Yusupov XX asr ikkinchi yarmi — XXI asr boshlaridagi qoraqalpoq adabiyoti tarixida yorqin sahifani tashkil qiladi. U 2004 yili O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Nukusda O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov haykali o‘rnatiladi