22:50 / 24.01.2017
6 616

O‘zbekistonda reklama qonunchiligini buzgan 66 mansabdor shaxsga nisbatan jarima qo‘llanildi

O‘zbekistonda reklama qonunchiligini buzgan 66 mansabdor shaxsga nisbatan jarima qo‘llanildi

O‘zbekistonda 2016 yilda reklama qonunchiligini buzgan 66 mansabdor shaxsga nisbatan 41,9 million so‘m miqdoridagi jarima qo‘llanildi. Ushbu ma’lumotlar Davlat raqobat qo‘mitasining 2016 yil yakunlari bo‘yicha axborot xatida taqdim etildi, deb xabar bermoqda Daryo nashri.

Qayd etilishicha, reklama qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan 425 ta o‘rganish va kuzatuv o‘tkazilib, 236 holat bo‘yicha qonun buzilishi aniqlandi. Natijada xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga 179 ta ko‘rsatma berildi.

O‘tgan hisobot davrida qo‘mitaga nohalol raqobat yuzasidan 64 murojaat kelib tushdi, shundan 19 tasi bo‘yicha raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan 24 ish qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda reklama qonunchiligini buzgan 66 mansabdor shaxsga nisbatan jarima qo‘llanildi