7 341
“O‘zbekturizm” MK eng yirik Fitur-2015 Xalqaro sayyohlik yarmarkasining mukofoti bilan taqdirlandi
15 may kuni Madridda 28 yanvardan 1 fevralgacha Ispaniya poytaxtida bo‘lib o‘tgan FITUR-2015 Xalqaro sayyohlik yarmarkasining eng faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Kun.uz.
Bu marosimda O‘zbekiston milliy stendi “Buyuk Ipak yo‘li”da joylashgan O‘zbekistonni yuqori darajada namoyish qilgani uchun “Eng yaxshi stend” nomiga sazovor bo‘ldi.
“O‘zbekturizm” MK ni taqdirlash davomida o‘zbek ekspozisiyasining sifatli bezalgani qayd etib o‘tildi. Bu ekspozisiyada O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi va sayyohlik imkoniyatlari, shu jumladan butun jahonga dong‘i ketgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz shaharlari haqida yorqin illyustrativ materiallar namoyish qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston tarixiy ahamiyatga ega diqqatga sazovor joylarining soni bo‘yicha dunyoda etakchi o‘rinlardan birini egallashi aytib o‘tildi. Bu qadamjolardan 140tasi YuNESKO himoyasiga olingan ob’ektlar qatoriga kiradi.
Taqdirlash marosimi Ispaniyaning Sayyohlik bo‘yicha davlat kotibi I.Borrey, Madrid meriyasi vakillari, ispan sayyohlik kompaniyalari hamda O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi