O‘zbekiston Markaziy banki Rossiyaning bir qator ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, “Rossiya-24” telekanali orqali mamlakatda valyuta operasiyalarining to‘xtatilishi haqidagi axborotning tarqatilishi yuzasidan bayonot e’lon qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz. U milliy regulyatorning rasmiy saytida joylashtirildi.
“Rossiya Federasiyasi ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, “Rossiya-24” telekanali orqali tarqatilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun valyuta operasiyalarining to‘xtatilishi haqidagi axborot yuzasidan bayon qilamizki, bu xabarlar uydirma va provokasiyadir, valyuta operasiyalariga hech qanday cheklovlar joriy qilinmagan”, – deyiladi hujjat matnida.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, valyuta operasiyalarining o‘tkazilish hamda u bilan bog‘liq ravishda chet el valyutasining sotilishi yoki sotib olinishi hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Shuningdek, ayni kunlarda dollarning rasmiy kursi “Rossiya telekanali ko‘rsatganday” 5 000 so‘m emas, balki 2 527 so‘mni tashkil qilishi qayd qilindi.
Bunday axborotning tarqatilishini Markaziy bank “provokasiya va uydirma” deb baholab, bayonotning Rossiya ommaviy axborot vositalarida rasmiy raddiya sifatida chop etilishini talab qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi