16:18 / 30.05.2015
6 534

Lloyd’s Register Group Limited O‘zbekistonda ishlamoqchi

Lloyd’s Register Group Limited O‘zbekistonda ishlamoqchi

O‘zbekistonga Britaniyaning Lloyd’s Register Group Limited kompaniyasi delegasiyasi tashrif buyurdi. Delegasiyaga Janubi-Sharqiy Evropa departamenti menejeri Sebastyan Buka boshchilik qildi. Bu haqda 12news.uz'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Bukaning “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida aytishicha, delegasiyaning O‘zbekistonga tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad ushbu mamlakatda kompaniyaning biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqishdir. Birinchi navbatda respublikadagi savdo-iqtisodiy va investision muhit bilan tanishish maqsadi ko‘zlangan.

“Kompaniyamizning moliyaviy ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha tajribasi o‘zbekistonlik hamkasblarimizga qo‘l keladi deb umid qilamiz. O‘zbekiston tomoni ham biz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqmoqda”, – deb ta’kidladi Buka muloqot chog‘ida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Lloyd’s Register Group Limited O‘zbekistonda ishlamoqchi