16:28 / 09.06.2015
9 373

O‘zbekistondan valyuta olib chiqish tartibi o‘zgartirildi

O‘zbekistondan valyuta olib chiqish tartibi o‘zgartirildi

Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan regulyatorning jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston hududidan chet el valyutasi olib chiqilishiga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi yangi Nizom tasdiqlandi. Bundan buyon 2003 yili qabul qilingan Nizom kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Hujjatga ko‘ra, 5 ming AQSh dollar ekvivalentidagi chet el valyutasini O‘zbekistondan olib chiqish uchun Markaziy bankdan ruxsatnoma olish talab qilinadi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Aniqlanishicha, ruxsatnoma Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan chet elga chiqayotgan hukumat delegasiyalari tarkibida, doimiy yashash maqsadida, komandirovkaga, o‘qish maqsadida, turizm, davolanish, qarindoshlarni ko‘rish, sport musobaqalari va h.k.lar uchun chiqayotgan shaxslarga taqdim etiladi.

Bunday ruxsatnomani olish uchun jismoniy shaxslar Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
- belgilangan shakl bo‘yicha murojaatnoma, unda ism-sharif, pasport ma’lumotlari, davlat va shahar nomi, chet el valyutasining shakli va hajmi, chet elga chiqish maqsadi va muddatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak – ilgarigi nizomda aniq shakl belgilab berilmagan edi;
- pasport nusxasi, unda quyidagi ma’lumotlar aks etishi kerak: seriya, raqam va berilgan vaqti; pasportni bergan organ; O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqini beruvchi muhr (agar talab qilinsa); chet el davlatiga kirish vizasi (agar viza tartibi joriy qilingan bo‘lsa); O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi muhr;
- O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqini beruvchi ruxsatnoma nusxasi (agar talab qilinsa) – ilgarigi Nizomda bunday hujjat ro‘yxatdan o‘rin olmagan edi;
- naqd xorijiy valyutasining manbasini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
- hukumat delegasiyasi tarkibida chiqayotgan shaxslar uchun – Vazirlar Mahkamasi farmoyishidan nusxa;
- chet elga chiqish maqsadini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Murojaatnoma kelib tushganidan boshlab 10 kun ichida ko‘rib chiqilib, unga javob beriladi, ya’ni murojaat etuvchiga ruxsat beriladi yoki, aksincha, murojaat qaytarib yuboriladi. Eski Nizomga muvofiq, ko‘rsatilgan muddatda murojaatnoma faqatgina ko‘rib chiqilishi talab etilar edi.
Bank tomonidan ruxsat berilishi uchun asos bo‘lib Nizomda ko‘rsatilgan maqsadlarda chet elga chiqish va barcha so‘ralgan hujjatlarni taqdim etish xizmat qiladi. Bu asoslardan birortasi bajarilmagan taqdirda, ruxsatnoma taqdim etilmaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistondan valyuta olib chiqish tartibi o‘zgartirildi