23:35 / 19.11.2015
7 257

«Ochiq eshiklar» hisoboti AQShda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar 6 foizga oshganligini ko‘rsatdi

«Ochiq eshiklar» hisoboti AQShda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar 6 foizga oshganligini ko‘rsatdi
Xalqaro ta’lim instituti tomonidan 2015 yilning 16 noyabrida e’lon qilingan «Ochiq eshiklar» hisobotida 2015 yilda AQSh universitetlari va kollejlarida ta’lim olayotgan chet ellik talabalarning soni oxirgi 35 yil ichida eng yuqori darajaga yetganligini ma’lum qildi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi press-relizida xabar qilinadi.

Ushbu ko‘rsatkich o‘n foizga oshib, 2014/15-o‘quv yilida 974 926 nafar talabani tashkil etdi. Joriy o‘quv yilida o‘tgan yilgidan 88 874 nafar ortiq talaba AQSh oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan.

Hisobot 2014/15-o‘quv yilida AQShda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni olti foizga o‘sib, 491 nafar talabadan iborat bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu esa Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari qatorida foiz hisobida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

O‘zbekistonlik talabalar AQShda asosan bakalavr bosqichida ta’lim oladi va 2014/15-o‘quv yili bakalavr bosqichining 17,4 foizini tashkil etadi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Ochiq eshiklar» hisoboti AQShda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar 6 foizga oshganligini ko‘rsatdi