11:18 / 18.02.2015
6 913

21 fevral kuni Toshkentda umumshahar diktanti o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

21 fevral kuni Toshkentda umumshahar diktanti o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

21 fevral – «Xalqaro ona tili kuni» munosabati bilan Toshkent shahar Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan umumshahar diktanti tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur ta’lim loyihasi poytaxtimizning ko‘p millatli aholisiga ona tilidan to‘g‘ri foydalanishga yordam berish, diktant orqali tilni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, xat va hujjatlarni savodli tayyorlash madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Unda barcha tashkilot va muassasalar, umumta’lim maktablari, akademik liseylar o‘quvchilari, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari talabalari, milliy madaniy markazlar vakillari ishtirok etishi mo‘ljallangan.

Diktant barcha uchun ixtiyoriy va har qanday tekshiruvdan holi o‘tkaziladi. Diktant yozganlarga o‘zlari qilgan xatolarni tekshirib olishlari uchun uning matni saytimizda joylashtiriladi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 21 fevral kuni Toshkentda umumshahar diktanti o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda