18:07 / 23.02.2015
6 688

Filippin hukumati davlat to‘ntarishi amalga oshirilishidan ogohlantirmoqda

Filippin hukumati davlat to‘ntarishi amalga oshirilishidan ogohlantirmoqda

Filippin xukmati amaldagi prezident Benigno Akinoni kuch ishlatish yo‘li bilan iste’foga chiqarishga va muvaqqat xukumatni tashkil etishga harakat qilayotganlar uchun qonun muqarrar ekanligini ta’kidladi. Bu haqda 7 ming oroldan iborat mamlakatning adliya vaziri Leyla de Limaga asoslanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

“Ular Milliy transformasiya Kengashi nomi bilan ma’lum (National Transformation Council — NTC) va ular harbiylar qo‘llab-quvvatlashi bilan ommaviy namoyishlar tashkil qilmoqchi. Ushbu guruh tomonidan dastlabki harakatlar boshlangan bo‘lib, forumlar va konferensiyalar o‘tkazilgan. Chiqishlar, turli to‘qnashuvlar qilish orqali davlat to‘ntarishini amalga oshirish rejalashtirilgan”, – deyiladi 23 fevral kuni Adliya vaziri bayonotida.

Adliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, mazkur fitnachilar tepasida Norberto Gonsales turgan bo‘lib, u avvalgi Gloriy Makapagal-Arroyo hukumati davrida Mudofaa vaziri lavozimida ishlagan. Hozircha ularning harakatini to‘liq to‘ntarish qilishga qaratilgan deyish mumkin bo‘lmasa-da, ammo ularning faoliyati qonuniy emasligi aytilmoqda.

Hukumat xavfsizlik kuchlari amaldagi prezidentni qo‘llab-quvvatlasa-da, fitnachilar avvalgi prezidentning oz sonli tarafdorlari, iste’fodagi amaldorlar, siyosatchilar va dindorlarga tayanadi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filippin hukumati davlat to‘ntarishi amalga oshirilishidan ogohlantirmoqda