22:32 / 23.02.2015
7 946

Qozog‘istonda oxirgi ikki oyda avtomobillar savdosi 40 foizga kamaydi

Qozog‘istonda oxirgi ikki oyda avtomobillar savdosi 40 foizga kamaydi

Qozog‘istonda avtomobillar savdosi ko‘rsatkichlari yanvar va fevral oylari davomida 40 foizga pasayib ketdi. Bu haqda Qozog‘iston avtobiznesi Assosiasiyasi ma’lumotiga asoslanib, Tengrinews.kz xabar bermoqda.

Tashkilotning ma’lum qilishicha, avtomobillar sotuvi yanvar oyining o‘zidayoq 30 foziga tushgan. Rasman ma’lum qilinishicha, o‘tgan vaqt davomida butun Qozog‘iston abtomobil bozorida 7774 dona avtomobil sotilgan.

Bunga asosiy sabab sifatida, qo‘shni Rossiyada rubl qadrsizlanishi va mashinalar narxi arzonlashgani keltirilmoqda. Qozoqlar o‘tgan oylar davomida asosan Rossiya hududiga o‘tib, mashinalar sotib olishgan.

Tushish ko‘rsatkichlari milliy avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun ham ta’sir qilgan. O‘tgan oyda qozoq milliy mahsuloti bo‘lgan mashinalar sotuvidan 25 million dollar tushgan (umumiy tushum esa 205,7 mln dollarni tashkil etgan). Bu esa, o‘tgan yilning shu holatidagi ko‘rsatkichlardan 55,96 foizga kam bo‘lib chiqmoqda.

Ayni paytda faqat Toyota avtomobillarigina xaridorligini saqlab qolmoqda.

Biroz oldinroq, Rivojlanish va sarmoyalar vaziri Aset Isekeshev hukumatning kengaytirilgan majlisida bu boradagi vaziyat haqida ma’lum qilgan edi. O‘z navbatida Milliy iqtisodiyot vaziri Erbolat Dosaev milliy avtomobilsozlikni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 mlrd tanga miqdoridagi mablag‘ yo‘naltirilishini ma’lum qilgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda oxirgi ikki oyda avtomobillar savdosi 40 foizga kamaydi