Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikasiyalar sohasini nazorat qilish federal xizmati (“Roskomnadzor”) vakili Vadim Ampelonskiy CNN telekanali Rossiyada ishlash uchun shu haftaning o‘zidayoq ruxsat olishi mumkinligini ma’lum qildi.
“CNN’ga OAV sifatida guvohnoma berish bo‘yicha ishlar yakuniy pallasiga etmoqda. Bu boradagi ishlar yakuniga etib, liseznziya taqdim etilsa, kanal Rossiyada avvalgidek ishlashda davom etishi mumkin”, deydi Ampelonskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikasiyalar sohasini nazorat qilish federal xizmati rahbari Aleksandr Jarov allaqachon shu hafta oxirida imzolanadigan telekanalga ruxsat berish haqidagi qarorini tayyorlab qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, CNN telekanali 2014 yilning 31 dekabridan boshlab Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatgan va o‘z xodimlarini chaqirib olgan edi.
Manba: ww.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi