14:15 / 26.02.2015
6 463

20 evrolik banknot taqdimoti o‘tkazildi

20 evrolik banknot taqdimoti o‘tkazildi

Evropa Markaziy banki rahbari Mario Dragi maxsus himoya vositalari bilan ta’minlangan, gologrammali suratga ega 20 evrolik banknotni namoyish qildi.

Bu banknotga “Evropa” nomi berilgan, unda qadimgi mifologiya qahramonlaridan biri, finikiyaliklarning afsonaviy malikasi Evropa tasviri tushirilgan.

Ma’lum qilinishicha, bu banknot shu yilning 25 noyabridan boshlab muomalaga chiqariladi. Keyingi 9 oy davomida mutaxassislar etarli hajmdagi banknotlarni ishlab chiqish bilan band bo‘lishadi.

Evropa Ittifoqi hududi aholisi bu o‘zgarishdan hech qanday zarar ko‘rmasligi, yangi banknotlarga bosqichma-bosqich ravishda o‘tilishi ma’lum qilingan.

Shuningdek, kelajakda 50, 100, 200 va 500 evrolik banknotlar yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 20 evrolik banknot taqdimoti o‘tkazildi