18:26 / 27.02.2015
13 546

Meva va sabzavotlar inson kayfiyatini yaxshilashi aniqlandi

Meva va sabzavotlar inson kayfiyatini yaxshilashi aniqlandi

Buyuk Britaniya olimlari tomonidan 14 ming kishi ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot meva va sabzavotlarning kayfiyatni yaxshilashga xizmat qilishini ko‘rsatdi, deb yozadi «Rossiyskaya gazeta».

Ko‘p yillik kuzatuvlar davomida olimlar ko‘ngillilarning rasioni, ularning vazni va ruhiyati holatining o‘zgarishini kuzatib bordi. Aniqlanishicha, aynan meva va sabzavotlarni sevuvchi kishilar eng faol va ijobiy bo‘lib chiqqan. Shuningdek, ushbu guruh vakillarining zararli odatlari kamroq bo‘lgan. O‘z navbatida, meva-sabzavotlarni kam iste’mol qilgan ko‘ngillilar tushkunlik alomatlarini tez-tez boshidan kechirgan.

Nashrning eslatishicha, avvalroq shunga o‘xshash yana bir tadqiqot o‘tkazilgan, unda 80 ming britaniyalik ishtirok etgan edi. Ushbu tajribaning natijalari katta miqdorda meva va sabzavotlarni tanovvul qilish hayotiy faollikni oshirib, kishini baxtiyor qilishini ko‘rsatgan edi.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meva va sabzavotlar inson kayfiyatini yaxshilashi aniqlandi