10:52 / 28.02.2015
7 937

Buyuk Britaniya Nemsovning o‘ldirilishini qoralab chiqdi

Buyuk Britaniya Nemsovning o‘ldirilishini qoralab chiqdi

Buyuk Britanitiya hukumati rossiyalik siyosatchi Boris Nemsovning ko‘chada o‘ldirib ketilganini qattiq qoralab chiqdi.

“Biz Moskva shahrida sobiq Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Boris Nemsovning Moskvada o‘ldirilganini eshitib g‘azablandik va chuqur qayg‘uga botdik. Biz marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz. Biz bu jinoyat hukmini qattiq qoralaymiz. Biz bu qotillikni amalga oshirganlar o‘z jazosini olishi kerak deb hisoblaymiz”, deyiladi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi saytida.

Britaniyaliklar voqealar rivojini doimiy ravishda kuzatib borishlarini ma’lum qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 fevralga o‘tar kchasi Moskva shahridagi ko‘chalardan birida, 1 mart kuni Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz holatiga qarshi “Vesna” marshini o‘tkazish tashkilotchisi bo‘lgan muxolifat kuchlari etakchilaridan biri Boris Nemsov noma’lum shaxslar tomonidan otib ketilgan. Natijada, “Vesna” marshi bekor qilingan, o‘rniga Motam marshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniya Nemsovning o‘ldirilishini qoralab chiqdi