12:33 / 06.09.2016
7 111

Filippin prezidenti Obamani qattiq haqorat qildi

Filippin prezidenti Obamani qattiq haqorat qildi

Filippin prezidenti 5 sentyabr kuni Laosda o‘tadigan Sharqiy Osiyo sammiti arafasida bergan matbuot anjumani vaqtida amerikaliklar prezidenti Barak Obamani "fohishaning o‘g‘li" deb atadi va uni sammit vaqtida la’natlashga va’da qildi. U amerikalik hamkasbiga inson huquqlari bo‘yicha maslahatlari bilan "har erga burun tiqmaslik"ni maslahat bergan. Bu haqda "Kun" nashri xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bu bayonotga Obama sammitda Filippinda Duterte saylanganiden keyin jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida 2 mingdan ortiq kishining o‘ldirilganini ko‘tarib chiqmoqchiligi sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, G20 sammiti vaqtida Obama Filippindagi giyohvandlik va jinoyatchilik muammolarini jiddiy muammolar sifatida keltirib o‘tgan.

""Men suveren davlat rahbariman. Biz endi mustamlaka emasmiz. Menga Filippin xalqidan boshqasi xo‘jayinlik qila olmaydi. U hurmat ko‘rsatishi lozim. Bayonotlar va savollarni havoga yo‘llash kerak emas. Fohishaning o‘g‘li, men bu sammitda seni la’natlayman", — degan u.

Sammit doirasida Obama Duterte bilan uchrashuv o‘tkazib, Filippinda inson huquqlariga rioya etilishi muammolarini ko‘tarishi kutilmoqda.

Bu chiqishdan keyin Oq uy bu ikki siyosatchining uchrashuvi o‘tkazilishiga shubha bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filippin prezidenti Obamani qattiq haqorat qildi