13:05 / 08.09.2016
7 475

Eshton Karter: Rossiya dunyo tartibini buzmoqda

Eshton Karter: Rossiya dunyo tartibini buzmoqda

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Rossiyani jahon tartibini buzishga urinayotganlikda aybladi. U, Oksford universitetida qilgan ma’ruzasida shunday bayonot bilan chiqish qilgan, deya xabar qilmoqda "Kun" nashri.

Uning fikricha, sovuq urush davri yakunlangach, hamkorlikda erishilgan ijobiy natijalarga qaramay, Rossiyaning «Ukraina va Gruziya hududiy yaxlitligini buzishi, havoda, fazoda va virtual kenglikda o‘zini noprofessional tutishi hamda yadro qurolini ko‘z-ko‘z qilishi» shuni isbotlaydiki, rasmiy Moskva «bugungi kundagi jahon tartibini aniq buzishga urinmoqda».

Karterning ta’kidlashicha, AQSh Rossiya bilan bevosita urush bir yoqda tursin, hatto yangi sovuq urushiga ham intilmayapti.

«Biz Rossiyada o‘zimizga dushman qidirayotganimiz yo‘q, ammo, xomtama bo‘lmang, ittifoqchilarimizni, mavjud xalqaro tartib va’da qilayotgan ijobiy kelajakni himoya qilamiz», — degan Amerika mudofaa vaziri.

«Biz, kollektiv xavfsizligimizni barbod qilishga bo‘lgan urinishlarga qarshi kurashamiz. Shuningdek, demokratik jarayonlarimizga aralashish borasida urinishlarga jim qarab tura olmaymiz», — deb yakunlagan Karter.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eshton Karter: Rossiya dunyo tartibini buzmoqda