Ukrainada o‘z tarkibiga Qrimni qaytarib olishga hech qanday imkoniyat yo‘q, deb aytdi 9 sentyabrda Chexiya prezidenti Milosh Zeman.
"Ayni vaqtda butun dunyodan siyosatchilar Qrimni Ukrainaga qaytarishning iloji yo‘qligini tan olmoqdalar", deb aytdi Zeman. Shu bilan birga Zeman gap qaysi siyosatchilar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Xabarda aytilishicha, Zeman bu haqda internet foydalanuvchilar bilan Parlamentnilisty.cz yangiliklar sayti tomonidan tashkillashtirishgan suhbatda aytib o‘tgan, deyiladi "Kun" nashrida.
Prezidentning fikricha, Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi xalqaro kelishuvlar buzilgan holda amalga oshirilgan.
"Ukrainaning hududiy yaxlitligini kafolatlagan kelishuvlar buzilganiga hech qanday shubha yo‘q", deb aytgan Zeman.
Shu bilan birga Zeman 1954 yilda Nikita Xrushevning Qrimni Ukrainaga berish qarorini "kechirib bo‘lmas ahmoqlik" deb atadi.
Zemanning aytishicha, u Rossiya bilan yaxshi aloqalarni yo‘lga qo‘yish tarafdori.
"Men Rossiya bilan aloqalarning yaxshilanishi tarafdoriman. Bu iqtisodiy va madaniy sabablar bilan bog‘langan. Rossiya – evropacha-amerikancha sivilizasiyaning bir qismi bo‘lib, u xalqaro terrorchilikka qarshi kurash olib bormoqda", deb qo‘shimcha qildi Zeman. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi