AQSh maxsus xizmatlari Rossiyaga qarshi razvedka operasiyalarini "sovuq urush" davridan beri eng katta miqyosgacha kengaytirishni boshladi. Bu haqda Washington Post nashri nomi aytilmagan manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Safarbarlik Markaziy razvedka boshqarmasining maxfiy operasiyalari, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi (ANB) kiberjosusligi, sun’iy yo‘ldoshlar va razvedkaning boshqa turlarini o‘z ichiga oladi. Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, bunday harakatlar AQSh razvedka imkoniyatlarini "qayta tuzishga" qaratilgan. Nashrning aytishicha, bu imkoniyatlar yaroqsiz holga kela boshlagan.
AQSh amaldorlarining ta’kidlashicha, AQSh Rossiyaga qarshi razvedkani kengaytirayotganiga qaramasdan, uning ko‘lami "sovuq urushi" vaqtida kuzatilgan darajagacha etkazilmaydi. Ta’kidlanishicha, MRB va AQShning boshqa razvedka boshqarmalari byudjetining 10 foizga yaqini Rossiyaga qarshi josuslik uchun yo‘naltiriladi.
Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya sobiq ittifoq parchalangandan keyin AQSh maxsus xizmatlari ishida ustuvor yo‘nalishga aylanmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi