12:14 / 19.09.2016
11 290

Kuba nima uchun motam kuni e’lon qilgan edi? Javob shu erda.

Kuba nima uchun motam kuni e’lon qilgan edi? Javob shu erda.

Kuba Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan mamlakat miqyosida motam e’lon qilgan yagona xorijiy davlat bo‘ldi. Buning esa o‘ziga yarasha sabablari bor.

O‘zbekiston Kuba singari uzoq kurash bilan mustaqil bo‘ldi. Uni necha marta buysundirishga harakat bo‘ldi, naqadar og‘ir ahvoldan g‘alaba bilan chiqdi, AQSh yoki biror mamlakatni tazyiqiga bo‘ysunmadi. Diversion va axborot xurujlariga izolyasiya qilish xarakatlariga chidab yutib chiqdi. O‘zining haqligini isbotladi. O‘z yo‘lini o‘zlari topib, qurshovda bo‘lishiga qaramay rivojlandi. O‘zbekiston ham jahon bozoriga yo‘li bo‘lmagan payt o‘ziga yo‘l ochdi. Shu sababli, barcha mamlakatlarda katta hurmatga ega.

Yaxshi bilasiz, Kuba AQSh sanksiyasi orqali katta talofat ko‘rgan mamlakat. AQShga yakin bo‘lgani uchun, ular o‘ziga bo‘lgan munosabatni yaxshi bilishadi. SSSR vaqtida ham O‘zbekistonga ularning munosabati juda yaxshi bo‘lgan. Xalqimizning, Islom Karimovning qahramonlarcha kurashi, tinchlik uchun, ichki va tashqi dushmanlarga qarshi donolik bilan olib borgan siyosati katta hurmatga sazovordir. O‘rtamizda juda kam hamkorlik bo‘lishiga qaramay, bizga ularning hurmati juda chuqur. Karimovning vafoti Sammit vaqtiga to‘g‘ri keldi, bo‘lmasa, juda ko‘p mamlakatlarning rahbarlari kelishar edi. Robbimiz Rahmat qilsin.

Kuba va O‘zbekistonni yaqin qilgan bir narsa — bu har qanday tashqi dushmanning ustidan yuqori kelish va bo‘ysunmaslik. Hali, Islom Karimovning metodikasi yaxshi o‘rganilmagan va baho berilmagan. 2000 yildan Rossiyada ham davlatni qayta oyoqqa turg‘azishga shu asos bo‘ldi. E’tibor bersangiz, Putin ham ko‘z yoshini arang tutib turibdi. O‘z otasidek hurmat qilar edi.

Hoshimbek Haliqov

Manba: Diydoraziz.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kuba nima uchun motam kuni e’lon qilgan edi? Javob shu erda.