11:22 / 23.09.2016
8 229

Qirg‘iziston prezidenti muolaja uchun Moskvaga olib ketildi

Qirg‘iziston prezidenti muolaja uchun Moskvaga olib ketildi

19 sentyabr kuni yuragida muammo borligi aniqlangan va 1 hafta muddatga ta’tilga chiqib, Turkiyada qolgan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev davolanish kurslarini Moskvada o‘taydi.

"23 sentyabr kuni Atambaev Moskvaga olib borildi va Markaziy klinik shifoxonaga davolanishni davom ettirish uchun joylashtirildi. Mutaxassislar tavsiyasi va Rossiya tomoni taklifiga ko‘ra u muolajani Moskvada davom ettiradi", deyilgan "Interfaks" Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib bergan xabarda.

Qirg‘iziston prezidentining sog‘ligidagi muammo 19 sentyabr kuni u BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka yo‘l olganida, Turkiyaning Istanbul shahrida Otaturk xalqaro aeroportida to‘xtaganida aniqlandi. U 19 sentyabr kunidan buyon turkiyalik shifokorlar nazoratida edi. Ta’tilga chiqqan prezident sentyabr oxiriga qadar vataniga qaytmasligi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidenti muolaja uchun Moskvaga olib ketildi