Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim muxolif imom Fathulla Gulenning terrorchilik tashkilotini (FETO) Turkiyada ikkinchi davlat to‘ntaruvi sodir etilishi haqidagi gaplarni tarqatishda aybladi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.
Yildirimning aytishicha, bu jamiyatda xavotir uyg‘otuvchi yolg‘on ma’lumotdir.
Bosh vazir hukumat davlat to‘ntaruviga istalgan urinishning oldini olish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rayotganini aytdi. Uning aytishicha, ikkinchi to‘ntaruvni amalga oshirmoqchi bo‘layotganlar 15 iyuldagi to‘ntaruv tashkilotchilaridan ham kuchliroq javob berishlariga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq Turkiya adliya vazirligi 15 iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinish ishi bo‘yicha 32 ming kishi hibsga olinganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi