Qozog‘iston parlamenti senati (yuqori palata) deputatlari mamlakatning 2016-2018 yillardagi byudjetiga o‘zgartish kiritilganini tasdiqlashdi. Joriy yilning sentyabr oyi yakunida parlamentning quyi palatasi ham ushbu qonun loyihasini tasdiqlashgan edi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.
Avvalroq Qozog‘iston hukumati 2016 yil makroprognoziga oydinlik kiritishgan edi. Neftning o‘rta yillik bahosi barreliga 30 dollardan 35 dollarga qadar oshgan. Shuningdek, milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbaevning so‘zlariga ko‘ra, neft qazib olish ishlari 74 million tonnadan 75,5 million tonnaga oshgan.
2016 yilgi YaIM hajmi avval prognoz qilingan daraja — 0,5 foizda qoldi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining o‘sish darajasi 2016 yilda 3,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Sanoat mahsulotlari esa 1,7 foizga tushishi mumkin. Savdo hajmi 3,5 foiz, transport xizmati esa 4 foizga pasayishi prognoz qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi