11:18 / 07.10.2016
6 806

Istanbulda portlash oqibatida 10 kishi jarohatlandi

Istanbulda portlash oqibatida 10 kishi jarohatlandi

6 oktyabr kuni Istanbulning Baxchelievler tumanida minalangan motosikl portlatildi. Shahar gubernatori Vosip Shahinning aytishicha, motosikldagi portlovchi vosita polisiya uchastkasiga yaqin hududda harakatga keltirilgan. Portlash oqibatida 10 kishi jarohat olgan, deya xabar bermoqda "RIA Novosti". Jabrlanganlarning ahvoli og‘ir emas.

Ayni vaqtda polisiya ko‘chaga o‘rnatilgan kuzatuv kamera yozuvini sinchiklab o‘rganmoqda. Ular voqea joyidan boshqa motosiklda qochib ketgan shubhali shaxsni qidirishyapti. Xozircha portlashni amalga oshirgan shaxs haqida aniq ma’lumot berishning imkoni yo‘q.

Istanbuldagi Otaturk Xalqaro aeroporti yaqinida yuz bergan portlashdan so‘ng, Fotih ko‘chasiga darhol tez yordam xizmati etib kelgan. Ko‘cha yo‘llari yopib qo‘yildi. Voqea joyida mutaxassislar ish olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulda portlash oqibatida 10 kishi jarohatlandi