Bugun, 8 oktyabr soat 06:00da Anqarada polisiya operasiyasi vaqtida taslim bo‘lishi aytilishi bilan ikki nafar terrorchi o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.
Aytilishicha, terroristlar yo‘ldagi avtomobil yordamida terakt uyushtirishni reja qilgan. Polisiya xodimlari ularni qurshab olgan va taslim bo‘lishni buyurgan. Terroristlar esa o‘zlarini portlatgan.
Xavfsizlik xizmati vakillari orasida jarohatlanganlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot yo‘q.
Anqara gubernatori Erjan Topaja bu hodisa borasidagi ma’lumotni tasdiqladi. Uning aytishicha, terroristlardan birining shaxsi aniqlangan, ikkinchisi ayol kishi bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Shuningdek, gubernator uchinchi jangarini qidirish ishlari boshlanganini ham aytib o‘tdi.
Topaja voqea joyidan portlovchi moslama tayyorlashda ishlatiladigan 200 kg modda topilganini ham ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 6 oktyabr kuni Istanbuldagi polisiya qarorgohi oldida uyushtirilgan teraktni “Kurdiston ozodligi lochinlari” Kurdiston milliy qurolli harakati o‘z bo‘yniga olgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi