7 018
Yangi banknotalar. 200 va 2000 rubllik banknotalar dizaynida qaysi shaharlar tasviri paydo bo‘lishi aniqlab olindi
200 va 2000 rubllik yangi qog‘oz pullarda Sevastopol va Uzoq Sharqni bildiruvchi tasvirlar aks ettiriladigan bo‘ldi. Bu "Rossiya-1" telekanalida o‘tkazilgan yakuniy sms-ovoz berish yordamida aniqlab olindi. Avval o‘tkazilgan onlayn-ovoz berishda Sevastopol va Qozon etakchilik qilayotgandi, deyiladi "Kun" nashri xabarida.
Onlayn-ovoz berish yakunlangandan keyin rossiyaliklarda "Rossiya-1" telekanali orqali jonli tarzda o‘tkazilgan sms-ovoz berish bilan ovoz berish natijalariga ta’sir qilish uchun oxirgi imkoniyat qolayotgan edi. Ovoz berish 7 oktyabrda Moskva vaqti bilan soat 19:00da boshlanib, 20:00 da yakunlandi.
Shu bir soat ichida Vladivostok 3-o‘rindan 1-o‘ringa ko‘tarilib, etakchilar orasidan Qozonni chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi.
Qog‘oz pullarda Sevastopol cho‘kib ketgan kemalarga bag‘ishlangan yodgorlik va Xersones Tavricheskiy, Uzoq Sharq esa "Vostochniy" kosmodromi va Russkiy oroliga o‘tkazilgan ko‘prik orqali taqdim qilinadi.
Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina bu joylardan qaysi biri qaysi kupyurada paydo bo‘lishi hozircha noaniqligini aytdi, biroq Vladivostok rossiyaliklarda "Mumiy Troll" guruhining "Vladivostok 2000" ashulasi sababli 2000 raqami bilan esga olinishini aytdi.
Markaziy bank yangi qog‘oz pullarni 2017 yilda chiqara boshlaydi. Qog‘oz pullarning yakuniy dizaynini 2017 yil apreligacha ishlab chiqishga va’da berilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?