Avval xabar berganimizdek, 10 oktyabr kuni Istanbul shahrida Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Erdo‘g‘an o‘rtasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘ilish Xalqaro energetika kongressining 23-maxsus sessiyasi yakunlangach, tashkil etildi, deyilmoqda "Qalampir.uz" sayti xabarida.
Mamlakat rahbarlari Suriya masalasida hamkorlik qilish borasida muhokama o‘tkazishdi. Shuningdek, Rossiyaning Turkiya mevalarini kiritilishiga qo‘ygan taqiqini bekor qilishga kelishib olindi. Bundan tashqari, tomonlar “Turk oqimi” qurilishi haqida ham shartnoma imzolashdi.
Mazkur matbuot anjumanida ishtirok etgan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bir necha bor uxlab qolgan. Bu holat Rossiyaning “Russia Today” kanali tomonidan namoyish etilgan videotasmada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Peskov Rajab Erdo‘g‘anning chiqishi vaqtida (videoning 06:44-06:54 daqiqalarida), bundan tashqari, Vladimir Putin chiqishi vaqtida ham (videoning 13:57-14:08 daqiqalarida) uxlashda davom etgan. Mazkur videotasmani e’tiboringizga havola etamiz.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi