17:23 / 12.10.2016
7 034

Dog‘istonning Gubden qishlog‘ida uch nafar jangari yo‘q qilindi

Dog‘istonning Gubden qishlog‘ida uch nafar jangari yo‘q qilindi

Dog‘istonning Gubden qishlog‘ida uch nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Dog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotiga tayanib, ]“RBK” xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kuch tizimi xodimlarining taslim bo‘lish haqidagi taklifiga javoban o‘t ochgan uch nafar jangari yo‘q qilingan.

Nashrning aniqlik kiritishicha, o‘ldirilgan terrorchilarning shaxsi aniqlangan bo‘lib, ulardan biri federal qidiruvda bo‘lgan.

Avvalroq Dog‘istonning Gubden qishlog‘ida federal kuch vakillari tomonidan jangarilar borligi taxmin qilingan uyning qurshab olinganligi haqida ma’lum qilingan edi. Hozirgi paytda qurshab olingan uy ko‘zdan kechirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dog‘istonning Gubden qishlog‘ida uch nafar jangari yo‘q qilindi