Rossiya Federasiyasi Shimoliy dengiz floti tarkibidagi «Admiral Kuznesov» aviatashuvchi kemasini O‘rta er dengizining Suriya sohillariga safarbar etdi. Uni bir nechta jangovar qo‘riqchi kemalar kuzatib boradi. Bu haqda «Interfaks» ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
«Admiral Kuznesov kreyseri etakchiligidagi korabllar guruhi uzoq safarga chiqmoqda», — degan manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning yagona avianosesi mamlakat HDFning O‘rta er dengizidagi doimiy birikmasi tarkibiga borib qo‘shiladi.
Agentlikning qayd etishicha, ushbu safar 4-5 oy davom etadi. «Admiral Kuznesov»ning bortida eng yangi MiG-29KR va MiG-29KUBR qiruvchi hamda Su-33 samolyotlari bor. Bundan tashqari, kreyser uchun Ka-52K «Katran» (Ka-52 «Alligator»ning kema namunasi) jangovar vertolyotlari ham hozirlab qo‘yilgan.
Hozirda, O‘rta er dengizida Rossiyaning 10ga yaqin kemasi mavjud.
Avvalroq, harbiy ekspert, iste’fodagi general-polkovnik Leonid Ivashov «Interfaks»ga bergan intervyusida, Rossiya o‘zining yangi tarixida birinchi marta kemadagi aviasiyasidan mashg‘ulotlarda emas, jangovar holatda foydalanishini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?