7 945
Xitoyda pora olganlikda aybdor deb topilgan yuqori martabali amaldor o‘limga hukm qilindi
Xitoy Energetika ishlari bo‘yicha davlat boshqarmasi Ko‘mir sohasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Vey Pen’yuan korrupsiya ishi bo‘yicha aybdor deb topilib, o‘lim jazosiga hukm qilindi. “TASS” xabariga ko‘ra, hukm ikki yildan so‘ng ijro etiladi.
Vey Pen’yuan 212 million yuan (taxminan 31,7 million dollar) miqdorida pora olganlikda aybdor deb topilgan.
Odatda Xitoyda o‘lim jazosi hukm o‘qilganidan keyin qisqa muddat ichida ijro etiladi. Biroq ba’zan hukmni ijro etish muddati ikki yilgacha qilib belgilanishi mumkin — bunda sudlanuvchi oliy jazoning umrbod qamoq jazosi yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan almashtirilishiga umid qilishi mumkin.
Xitoyda 2012—2013-yillarda Si Szinpin boshliq “beshinchi avlod” rahbarlari hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, mamlakatda korrupsiyaga qarshi keng miqyosli kurash boshlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi