09:14 / 21.10.2016
8 578

AQShda 1989 yilgi jinoyat fosh etildi

AQShda 1989 yilgi jinoyat fosh etildi

AQShning Missuri shtatida 28 yildan keyin jasadi topilgan qizning qotilligi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Bu haqda Kun.uz xabar qilmoqda.

Karolin Xekkert 1989 yil dekabrida Sara Deleonni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda. Xabarlarga ko‘ra, polisiya 2014 yil iyul oyida ushbu ishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgan. Bunga polisiya idorasining DNK namunasini olish bo‘yicha yangi texnologiyaga ega bo‘lgani imkon bergan.

Qayd etilishicha, o‘ldirilgan qizning onasi nihoyat ushbu ish bo‘yicha ayblov e’lon qilinganidan xursandligini yashirmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qizi Saraning dushmanlari bo‘lmagan, qotillik esa «shaxsiy sabablar tufayli o‘ta vahshiylik bilan sodir etilgan».

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda 1989 yilgi jinoyat fosh etildi