Nijniy Novgorod shahrida istiqomat qiluvchi 21 yoshli Anastasiya Propadeeva Qozon shahridagi akvaraparkdagi attraksionda uchayotib vafot etdi. Uning turmushga chiqqaniga endigina 10 kun bo‘lgandi.
14 oktyabr kuni turmushga chiqqan Anastasiya Propadeeva turmush o‘rtog‘i bilan to‘y sayohati uchun Tataristonga kelgan. Juftlik akvaparkka sayr uchun borgan. Park hududidagi “Bochka” nomli basseyn-attraksionda uchish vaqtida esa Anastasiyaning tobi qochgan.
“U suvga sakradi. O‘zi suzib basseyn chetiga keldi. Hech qaerga urilmadi, yiqilmadi. Jarayonni kuzatuv kameralari orqali ham ko‘rish mumkin”, deydi akvapark xodimi.
Anastasiya basseynning chetiga mustaqil suzib kelgan, biroq suv havzasidan chiqishga qiynalgan. Instruktorlar unga yordam taklif qilishgan, ahvolini so‘rashgan. Ayol hammasi yaxshi ekanini aytgan, biroq sanoqli soniyalardan so‘ng rangi oqarib, xushidan ketgan.
Shifkorlarning Anastasiyani jonlantirishga urinishlari besamar kechgan va u vafot etgan. O‘lim sababi hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, akvaparkka uyushtirilgan to‘y sayohati Anastasiyaga kuyov tomonidan qilingan sovg‘aning bir qismi edi. Ikki yoshning oldinda yana qator niyatlari bor edi.
Anastasiya 1 oktyabr kuni endigina 21 yoshni qarshi olgandi. “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida u kelin ko‘ylakda tushgan suratini ilova qilib, surat ostiga “Shu bilan tamom. Mikrooila”, deya izoh qoldirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»