17:32 / 13.03.2015
8 229

Zaur Dadaevning qarindoshi sud orqali Rossiyadan 120 ming evro undirdi

Zaur Dadaevning qarindoshi sud orqali Rossiyadan 120 ming evro undirdi

Rossiyalik siyosatchi Boris Nemsovni o‘ldirishda ayblanayotgan Zaur Dadaevning qarindoshi Larisa Dadaeva Inson huquqlari bo‘yicha Evropa sudi orqali Rossiyadan 120 ming evro undirgan. Bu haqda “Kommersant’” gazetasi xabar beradi.

Zaur Dadaevning xolasi bo‘lmish Larisa Dadaeva bugungi kunda Belgiyada yashaydi. U Inson huquqlari bo‘yicha Evropa sudiga Rossiya huquq-tartibot idoralari ustidan arznoma bilan murojaat qilgan. Arznomada aytilishicha, 2001 yilning 24 sentyabrida uning Alxazurovo qishlog‘idagi uyiga qurolli shaxslar bostirib kirib, eri Mayrbek Shavanov va uning ukasi Aslambek Shavanovlarni olib chiqib ketishgan. Shundan buyon Dadaeva ular haqida hech qanday ma’lumot ololmagan. Evropa sudi bu xatti-harakatlar Inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Evropa konvensiyaning 2-moddasiga (yashash huquqi) zid keladi deb topgan.

Eslatib o‘tamiz, muxolifatchi Boris Nemsov 27 fevral kuni Moskva markazida otib ketildi. 8 mart kuni ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib Moskvaning Basman sudi qarori bilan qo‘lga olingan besh nafar shaxsning barchasi o‘zaro qarindosh bo‘lib, Ingushetiyaning Malgobek tumanida joylashgan Voznesenskiy qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan. Zaur Dadaev, Xamzat Baxaev, Tamerlan Eskerxanov, Anzor va Shaxid Gubashevlar 28 aprelgacha panjara ortida bo‘lishlari aytilmoqda. Ularning jinoiy sherigi deb topilgan Beslan Shavanov qo‘lga olish chog‘ida qarshilik ko‘rsatib, o‘ldirilgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zaur Dadaevning qarindoshi sud orqali Rossiyadan 120 ming evro undirdi