17:35 / 13.03.2015
6 756

Qozog‘iston mansabdor shaxslarning kompyuterlariga xakerlik hujumi uyushtirgan shaxslarni Nyu-York sudiga topshirdi

Qozog‘iston mansabdor shaxslarning kompyuterlariga xakerlik hujumi uyushtirgan shaxslarni Nyu-York sudiga topshirdi

Qozog‘iston hukumati o‘z kompyuterlariga noqonuniy ravishda kirib, ulardagi mansabdor shaxslarning maxfiy elektron yozishmalarini o‘g‘irlab, ularni chop etgan noma’lum xakerlar ustidan Nyu-Yorkning Manxetten tumanida sudiga da’vo arizasi topshirdi. Bu haqda 12 mart kuni Bloomberg agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, minglab xatlar, shu jumladan, Qozog‘iston bosh prokurori o‘rinbosari Andrey Kravchenko va Adliya vazirligining mas’ul kotibi Marat Beketaevning Nyu-Yorkda joylashgan Curtis Mallet-Prevost Colt & Mosle LLP yuridik idorasiga yuborgan xatlari tarqatib yuborilgan. Ta’kidlanishicha, ushbu firmaning advokatlari Qozog‘iston hukumati tomonidan yollangan bo‘lgan.

Yozishuv, xususan, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida va boshqa ko‘plab internet-saytlarda chop etilgan. Qozog‘iston hukumati kompyuterlariga noqonuniy kirilganligi joriy yilning yanvar oyi oxirida ma’lum bo‘lgan edi. Qozog‘istonning da’vo arizasida mamlakat ushbu voqea yuzasidan tergov ishlari olib borayotganligi ma’lum qilingan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston mansabdor shaxslarning kompyuterlariga xakerlik hujumi uyushtirgan shaxslarni Nyu-York sudiga topshirdi