11:33 / 14.03.2015
6 680

Turkmaniston BMT bilan hamkorlikda tabiiy ofatlarga bo‘yicha markaz tashkil etadi

Turkmaniston BMT bilan hamkorlikda tabiiy ofatlarga bo‘yicha markaz tashkil etadi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov BMT rahnamoligi ostida Yaponiyaning Senday shahrida o‘tkazilayotgan Tabiiy ofatlar xavfini bartaraf qilish bo‘yicha xalqaro konferensiyada Ashxobodda Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.

“Mintaqaviy markazning bosh maqsadi texnik va texnologik hamkorlikni rag‘batlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlarini global iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalasida qo‘llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘ladi. Turkmaniston hukumati BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda mintaqaviy markaz tashkil etish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy, texnik, moliyaviy va boshqa masalalar ustida ishlamoqda”, – deb Berdimuxamedovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti agentligi.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston BMT bilan hamkorlikda tabiiy ofatlarga bo‘yicha markaz tashkil etadi