23:44 / 15.11.2016
7 902

Nursulton Nazarboyev surati 10 ming tengeni bezadi

Nursulton Nazarboyev surati 10 ming tengeni bezadi

Qozog‘iston Milliy banki mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev tasviri tushirilgan banknotani chiqaradi. Milliy bank rahbari Doniyor Akishev 15 noyabr kuni Ostonadagi «Qozog‘iston mustaqilligining 25 yilligi: milliy valyuta» konferensiyasida yangi banknotani ommaga taqdim etdi, deb xabar beradi "Diydoraziz" nashri.
«Banknotalarga portretlarni tushirish mavzusi yangi emas. Buning ustiga, bu mamlakat hayotiga eng muhim hissa qo‘shgan shaxslarning tasvirini joylashtirish orqali davlatchilik g‘oyasini ifodalashning eng yorqin, odatiy va tushunarli shaklidir», — deya ta’kidladi Akishev konferensiyada. Uning so‘zlariga ko‘ra, 10 ming tenge nominaliga ega yangi banknota 1 dekabrda nishonlanadigan Prezident kuniga atab cheklangan adadda chiqariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nursulton Nazarboyev surati 10 ming tengeni bezadi