Ummon etakchisi, sulton Qobus ibn Said xorijda uzoq davom etgan davolanishdan keyin "yaxshi ko‘rinishda" Ummonda milliy kun inshonlanishi sharafiga o‘tkazilgan paradda bir yil ichida ilk bor omma oldida paydo bo‘ldi, deyiladi "Kun" nashrida.
Ummon etakchisi Germaniyada davolanib, aprelda uyiga qaytgandi. O‘tgan yil u Germaniyada 8 oy davomida davolangan. Sultonning yo‘qligi uning kasalini davolab bo‘lmasligi haqida ko‘plab mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘lgan. Sultonning kasali bo‘yicha uning devonxonasi ham hech qanday ma’lumot bermagan.
Oxirgi oylarda sulton bir necha uchrashuvlar o‘tkazgan, jumladan AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashgan.
Hozir sulton 76 yoshda. U 1970 yilda o‘z otasini taxtdan ag‘darib hokimiyatni egallagan.
Sulton vafot etadigan bo‘lsa, uning taxtini egallash borasida mushkul vaziyat yuzaga kelishi mumkin, chunki uning bevosita vorislari yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?