Pokistonda Donald Trampni tasodifan AQShga kelib qolgan o‘zlarining vatandoshi ekaniga ishonuvchilar ko‘payib bormoqda, deb xabar tarqatmoqda Mulohaza.uz.
Pokistonning Neo News telekanali telsyujetidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Nyu-Yorkda emas, balki Afg‘oniston chegarasidagi Shimoliy Vaziristonning Shaval vodiysida tug‘ilgan bo‘lib, asl ismi Dovud Ibrohim Xon (Dawood Ibrahim Khan) emish.
Kichkina Xonning yoshligi Pokistonda o‘tgan va u ota-onasi avtomobil avariyasida halok bo‘lgunlaricha, diniy maktabda o‘qigan ekan. Kanal xabariga ko‘ra, etim qolgan bolakayni Britaniya armiyasi zobiti Londonga olib ketadi. Londondan esa AQShga kelib qoladi. Bu erda esa uni Tramplar oilasi asrab olishganmish.
Telekanal o‘zlarining gaplariga isbot o‘laroq internetdan olingan va Trampga o‘xshab ketadigan sariq sochli pushtun bolaning rasmini ilova qilishgan. Syujetda yana aytilishicha, pokistonlik qarindoshlar ham topilgan va DNK namunalari ham olinganmish, xatto Tramp-Xonning tug‘ilganlik haqidagi shahodatnomalari ham topilganmish, deb xabar qildi islamnews. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi