Bolgariya turizm vaziri vazifalarini bajaruvchi Nikolina Angelkova 2016 yilda Bolgariyaga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar sonining o‘sish dinamikasidan kelib chiqib, bu ko‘rsatkichning yil oxiriga borib, 8 millionga etishi hamda mamlakat aholisi sonidan oshib ketishini taxmin qilmoqda. Bu haqida Kun.uz xabar berdi.
"Biz Bolgariya turizmi tarixida misli ko‘rilmagan kuchli yilni kuzatmoqdamiz. Birinchi to‘qqiz oy ichida Bolgariyaga 7,5 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu esa 2014 yildagi bir yillik ko‘rsatkichdan ko‘pdir", - dedi u Bolgariya turizmi vakillarining UNWTO (jahon sayyohlik tashkiloti) bosh kotibi Tolib Rifoiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
"Agar shu maromda davom etsa, u holda yil oxiriga borib, xorijiy sayyohlar soni 8 million chegarasidan o‘tadi - bu esa mamlakat aholisidan ko‘p degani", - deya aniqlik kiritdi Angelkova.
2014 yil baholariga ko‘ra, Bolgariya aholisi 7,2 million kishidan iborat.
Nikolina Angelkova ikki yil ichida sohaning barqaror rivojlanishida salmoqli natijalarga erishilgani va me’yoriy o‘zgarishlarni qabul qilish jadallashtirilganini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi